» » Samarqanddagi xonadonda yuz bergan yong‘inda 33 yoshli ayol va uning qizining hayoti saqlab qolindi

Samarqanddagi xonadonda yuz bergan yong‘inda 33 yoshli ayol va uning qizining hayoti saqlab qolindi


Samarqandda ikki nafar fuqaro hayoti yong‘indan saqlab qolindi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

2-dekabr kuni soat 04:19 lar atrofida Samarqand shahri Amir Temur ko‘chasida joylashgan xonadonda istiqomat qiluvchi 1958-yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. Samarqand viloyati FVV tezkor navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, uyda yong‘in chiqqanligi to‘g‘risida xabar berdi.

Voqea joyiga boshqarma qutqaruvchilari va o‘t o‘chirish guruhi shaxsiy tarkibi 04:25 da yetib borib, zudlik bilan yong‘inni o‘chirishdi. Olib borilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida tutunga to‘lgan xonadon ichidan 2 nafar fuqaro 1986-yilda tug‘ilgan I.N. va uning qizi 2006-yilda tug‘ilgan G.A. olib chiqilib, ularning hayoti saqlab qolindi. Sodir bo‘lgan hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Yong‘in hammomdagi elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют