» » Namanganda 2019-yil boshidan to‘qqizinchi uch egizak tug‘ildi

Namanganda 2019-yil boshidan to‘qqizinchi uch egizak tug‘ildi


Namangandagi viloyat perinatal markazida uch egizak dunyoga keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu markazda shu kungacha 218 nafar egizak tug‘ilgan. Namangan shahrida istiqomat qiluvchi Manzura Usmonova dunyoga keltirgan chaqaloqlar esa shu yilning o‘zidagi to‘qqizinchi uch egizak bo‘ldi.

— O‘zimning uch nafar qizim bor. Endi ularning safiga yana ikki qiz va bir o‘g‘ilni qo‘shib oldik, — deydi Manzura Usmonova.

Namangan shahridagi 1-sonli FHDYo vakillari tomonidan chaqaloqlarning onasiga markazning o‘zida tug‘ilganlik haqida guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Uch egizakka Fotima, Zuhra va Muhammadmustafo degan ismlar qo‘yildi. Ularning holati yaxshi ekanligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 52) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют