» » Avstraliyalik politsiyachi mast erkakni hibsga olish uchun intervyuni to‘xtatib qo‘ydi (video)

Avstraliyalik politsiyachi mast erkakni hibsga olish uchun intervyuni to‘xtatib qo‘ydi (video)


Avstraliyaning Olberi shahri politsiya ofitseri Uinston Vudvord mahalliy Prime7 telekanali uchun matbuot-anjumani vaqtida erkakni hibsga oldi. Hodisa aks etgan holat videosi telekanalning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi.

Matbuot anjumani politsiya mahkamasi maydonchasida bo‘lib o‘tayotgandi. Huquq-tartibot xodimi o‘z ishi haqida so‘zlayotganida orqa fonda pivo shishasini ko‘tarib olgan erkak paydo bo‘ldi va uning gaplarini bo‘ldi.

Mast holdagi erkak nomaqbul so‘zlarni ishlatib, kameralar tomon harakatlanib kelayotgandi. Uinston Vudvord jurnalistlardan uzr so‘rab, tartibbuzar oldiga yo‘l oldi. Politsiyachi mast erkakka qo‘lidagi shishani axlatga tashlab yuborishga ko‘rsatma berdi va jamoat joyida nomaqbul so‘zlar ishlatgani uchun mahkamaga olib kirdi.

Shundan so‘ng Vudvord jurnalistlar oldiga qaytdi va matbuot anjumani davom etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют