» » Andijonda yuz bergan gaz portlashi oqibatida 11 kishi jabrlangani ma’lum qilindi

Andijonda yuz bergan gaz portlashi oqibatida 11 kishi jabrlangani ma’lum qilindi


Andijon shahrida 4-dekabr, chorshanba kuni soat 14:13 atrofida 2-kichik daha “Sog‘lom avlod” MFY Lermontov ko‘chasidagi 7-sonli ko‘p qavatli uyda qo‘lbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Xabar berilishicha, portlash va yong‘in 30 yoshli fuqaro D.S.ning xonadonida o‘rnatilgan gaz tortgich moslamasida uyda hech kim yo‘qligi va nazoratsiz qolishi oqibatida ko‘p miqdorda gaz to‘planib chaqnashi natijasida kelib chiqqan.

Mavzuga doir: Andijonda ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi (video)

Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida mazkur ko‘p qavatli uyda joylashgan 8 ta xonadon zarar ko‘rgan hamda 11 kishi termodestruktiv mahsulotlaridan zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Jabr ko‘rganlar orasida 3 nafar voyaga yetmagan bola bor. Jabrlanganlar orasida qurbonlar yo‘q.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Voqea yuz bergan joyga Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yetib borgan va mutasaddi tashkilotlarga yuzaga kelgan zararni qoplash, fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuzasidan topshiriq bergan. Shuningdek, hodisa yuz bergan joyga favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida tezkor guruh jo‘natilgan.

Mavzuga doir: Andijonda sodir bo‘lgan gaz portlashi bo‘yicha FVV va viloyat hokimligi xabar berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют