» » Surxondaryolik o‘qituvchi kaltaklagan o‘quvchisidan uzr so‘radi

Surxondaryolik o‘qituvchi kaltaklagan o‘quvchisidan uzr so‘radi


Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. “Qalampir.uz”ning aniqlik kiritishicha voqea Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanidagi 7-maktabda ro‘y bergan.

Jurnalist Nargiza Rahmatullayevaning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, video qahramonlari 7-maktab o‘qituvchisi Alisher Yusupov hamda o‘quvchi Jasur Rahmonov.

Aytilishicha, maktab o‘qituvchisi Alisher Yusupov o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan 10 “B” sinf o‘quvchisi Jasur Rahmonovni sababsiz dars qoldirgani uchun kaltaklagan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 16-noyabr kuni maktabning 10“B” sinfida ta’lim olayotgan o‘quvchilardan 4 nafari darsga kelmagan. 18 noyabr kuni dars qoldirgan o‘quvchilar harakatini muhokama qilayotgan Alisher Yusupov esa dars qoldirganlar orasidan o‘quvchisi Jasur Rahmonovga tarsaki tushirgan. Va sababsiz dars qoldirgani uchun koyigan.

Videodan anglashilishicha, dars qoldirgan o‘quvchilar 4 nafar emas, 6 nafar. O‘qituvchi dars qoldirgan o‘quvchilar uchun maktab direktoridan tanbeh eshitgan.

— Bir narsa bo‘lib qolding ko‘chada, arizang yo‘q. Yo‘qlamaga tushmagansan, kim javob beradi?, — deya savol bilan yuzlanadi o‘qituvchi o‘quvchiga.

O‘qituvchi jurnalist Nargiza Rahmatullayeva bilan suhbatda qilmishidan pushaymonligini aytib, uzr so‘ragan.

— O‘quvchimni urganimdan afsusdaman. Jahlimga erk berib yubordim, buning uchun o‘quvchimdan butun o‘qituvchilar oldida kechirim so‘rayman, — deydi 10“B” sinf rahbari Alisher Yusupov.

O‘quvchi Jasur Rahmonovning onasi Nargiza Hayitaliyeva bu holatda o‘qituvchini ayblamasligini, unga nisbatan hech qanday shikoyati yo‘qligini aytib “Menga farzandimni to‘g‘ri tarbiyalab bersa bo‘ldi, biz ham maktabda o‘qiganmiz o‘qituvchilardan tanbeh eshitardik, buni to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak. O‘qituvchi ham o‘quvchim yaxshi bo‘lsin deb koyiydi, urishadi, — deydi Nargiza Hayitaliyeva.

Jasur Rahmonov 16-noyabr kuni dars qoldirganini mol bozorga tushgani bilan izohlaydi.

— Maktabda bo‘lib o‘tgan ushbu holat muzrabotlik pedagoglar uchun yomon holat, — deydi Muzrabot tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari Salohiddin Hamrayev. — O‘qituvchi va o‘quvchi orasida tushunmovchilik yuzaga kelganligi bois, shu holat kelib chiqqan. Ammo ushbu jarayon o‘rganiladi va o‘qituvchi aybdor bo‘lsa albatta chora ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют