» » Qoraqalpog‘iston va Buxoroning ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Qoraqalpog‘iston va Buxoroning ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatining ba’zi hududlarida ta’mirlash ishlari sababli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati.

5-dekabr kuni Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi “Raushan” GTS (gaz tarqatish stansiyasi)da tabiiy gaz hisoblagichni ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli “Raushan” OFY hududdagi jami 350 ta aholi xonadonlarida soat 13:00 dan 18:00 gacha, Shumanay tumanidagi “Dayxonobod” GTSda ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan “Dayxonobod” va “Arzimbetkum” OFY hududlaridagi jami 509 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, 5-dekabr kuni Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi “Izvestkoviy” GTSda yuqori bosimli gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish soat 9:00 dan 18:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi. Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Toshkentda metro va uch qavatli ko‘prik qurilishi gaz taqchilligini keltirib chiqardi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют