» » Boysunda Isuzu yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Boysunda Isuzu yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Postda.uz” xabar berdi.

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida yashovchi K.O. o‘zining Isuzu rusumli yuk avtomashinasini Boysun tumanining “Shifobuloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 1322-kilometrida haydab ketayotib boshqaruvni qo‘ldan chiqaradi. Natijada avtomashina yo‘l chetidagi beton to‘siqqa uriladi va ag‘dariladi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi K.O. va avtoulov yo‘lovchisi, Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yashagan E. S. jarohat olib, voqea joyida dunyodan ko‘z yumdi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют