» » Toshkentdagi firma 1 mln dollar kredit mablag‘ini talon-toroj qildi

Toshkentdagi firma 1 mln dollar kredit mablag‘ini talon-toroj qildi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.R.” MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslari tomonidan 1 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari talon-toroj etilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Xabar.uz”ga ma’lum qildi.

MChJ tijorat banklaridan dori-darmon vositalarini xorijiy davlatlardan import qilish uchun 3,8 millon AQSh dollari miqdorida qarz ko‘targan. Biroq import shartnomalaridagi narxlar sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilishi evaziga 1 million dollar miqdoridagi kredit mablag‘i “singib ketadi”.

Bu shundoq ham xorijdan keltirilgan qimmat dori-darmonlar narxi battar oshib ketishiga olib keladi.

Mazkur holat yuzasidan “A.R.” MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют