» » Instagram yangi foydalanuvchilardan yoshini so‘ray boshladi. Endi 13 yoshdan kichiklar ro‘yxatdan o‘ta olmaydi

Instagram yangi foydalanuvchilardan yoshini so‘ray boshladi. Endi 13 yoshdan kichiklar ro‘yxatdan o‘ta olmaydi


Instagram tarmoqdan ro‘yxatdan o‘tayotgan yangi foydalanuvchilardan yoshini so‘ray boshladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Qayd etilishicha, yoshi haqidagi ma’lumotni so‘rash “ijtimoiy tarmoqda bolalarning ro‘yxatdan o‘tishini oldini olish va yoshlar xavfsizligini ta’minlash”ga yordam beradi.

Yangi tartibga ko‘ra, Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 13 yoshdan oshgan foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Instagram moderatorlari 13 yoshdan kichik foydalanuvchilarning akkauntlarini o‘chirish huquqiga ega.

Foydalanuvchilarning yoshini boshqa foydalanuvchilar ko‘ra olmaydi, akkaunt egasigina ushbu ma’lumotni ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Bir necha yirik ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Facebook, Twitter, Snapchat va TikTok 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ro‘yxatdan o‘tishiga taqiq qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют