» » “Lokomotiv” Chempionlar ligasi o‘yinidan tushgan pulni saratonga chalingan yigit uchun sarflaydi

“Lokomotiv” Chempionlar ligasi o‘yinidan tushgan pulni saratonga chalingan yigit uchun sarflaydi


Samarqadning “Dinamo” futbol klubi sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiyev saraton kasali bilan kurashayotgani haqida aytib o‘tilgandi.

Bu voqeadan xabar topgan Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi futbolchilari #bizsenbilansiroj heshtegi fonida suratga tushdi. Ma’lum qilinishicha, jamoaning Osiyo Chempionlar ligasi 4-turidan olgan o‘yinidan tushgan pullar Sirojiddin Sayfiyevni qo‘llab-quvvatlash aksiyasiga safarbar etiladi.

11-aprel kuni O‘zbekistonning amaldagi chempioni o‘z maydonida Eronning “Istiqlol” klubini qabul qiladi. Uchrashuv chiptalaridan tushgan pullar sobiq futbolchining tuzalishi uchun yo‘naltiriladi. Ya’ni, shu kuni stadionga tushgan har bir muxlisda Sirojiddin Fayziyevni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati bo‘ladi.

Bundan tashqari, klub sardori Timur Kapadze boshchiligida “Lokomotiv” futbolchilarining o‘zi ham Sirojiddin Sayfiyevga alohida pul yig‘ishni boshlagan. Ularning barchasi sobiq futbolchini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan.

Опубликовано: admin (5-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют