» » Shahrisabz xalq ta’limi bo‘limida ish haqini noto‘g‘ri hisoblash sababli davlatning millionlab mablag‘lari taron-toroj qilindi

Shahrisabz xalq ta’limi bo‘limida ish haqini noto‘g‘ri hisoblash sababli davlatning millionlab mablag‘lari taron-toroj qilindi


Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limida budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan tuman xalq ta’limi bo‘limida budjet mablag‘larining sarflanishini o‘rganish yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda xalq ta’limi bo‘limida belgilangan stavkaga nisbatan ish haqlari noto‘g‘ri hisob kitob-qilinganligi hamda ta’mirlash ishlari uchun budjetdan ajratilgan pul mablag‘larining maqsadli sarflanishi nazorat qilinmagani aniqlangan. Oqibatda 640,1 million so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют