» » Peterburgda o‘zbekistonlik migrantlarga maoshi berilmay, yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilgani aniqlandi

Peterburgda o‘zbekistonlik migrantlarga maoshi berilmay, yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilgani aniqlandi


Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining maoshlari berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani to‘g‘risida 3-dekabr, seshanba kuni tarqalgan xabarlarga TIV munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, tarqalgan murojaat bo‘yicha O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi xodimlari Kolpino shahriga borib tekshirgan.

O‘zbekistonliklar va ICA Construction kompaniyasining mas’ul xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Sankt-Peterburgdagi o‘zbekistonlik migrantlarning manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishilgan.

Shuningdek, vazirlik xabarida vaziyat Bosh konsulxona nazoratida ekanligi ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют