» » Toshkent shahri aholisining issiq suv va isitish tizimidan qarzdorligi 96 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda

Toshkent shahri aholisining issiq suv va isitish tizimidan qarzdorligi 96 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda


“Toshissiqquvvati” Ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi tomonidan ma’lum qilinishicha, poytaxt aholisining issiq suv va isitish tizimi bo‘yicha qarzdorligi 2017-yil 1-aprel holatiga 96 milliard so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyatida poytaxtdagi kommunal xizmatlar faoliyati yuzasidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, qarzdorlik miqdori o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga kamaygan. Shuningdek, “Suvsoz” davlat unitar korxonasi poytaxt aholisining sovuq suv bo‘yicha qarzdorligi hozirgi vaqtda 17 milliard so‘mni tashkil qilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahri quvvati sutkasiga 2326000 kub metr bo‘lgan yettita suv inshooti hisobiga ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Jami ichimlik suv tarmoqlari uzunligi 3628,5 kilometr, ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 99,7 foizni tashkil qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют