» » Turkmanistondan import qilinayotgan elektr energiyasi nosozlik sabab bir kun uzilib qoldi

Turkmanistondan import qilinayotgan elektr energiyasi nosozlik sabab bir kun uzilib qoldi


4-dekabr, chorshanba kuni soat 10:53 da Turkmanistondagi “Serdar” va O‘zbekistondagi “Qorako‘l” podstansiyalarini bog‘lovchi 500 kilovattli havo elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda o‘chish holati sodir bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga 1-dekabrdan “Turkmanenergo” elektr yetkazib beradi. Uzilishlar soni keskin kamayishi aytilmoqda

Ma’lum qilinishicha, magistral tarmoqdagi nosozlikni bartaraf etish uchun “Turkmanenergo” korporatsiyasi hududiy bo‘limlarining brigadalari jalb qilingan. Keyinchalik “Turkmanenergo” balansidagi elektr tarmog‘i chegara hududiga yaqin joyda uzilgani ma’lum bo‘lgan va nosozlik o‘zbekistonlik energetiklar tomonidan bartaraf etilgan.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari olib borgan ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, 5-dekabr, payshanba kuni soat 16:23 da “Qorako‘l” va “Serdar” podstansiyalarini bog‘lovchi L-512 havo tarmog‘i ishga tushirilgan va Turkmanistondan qabul qilinayotgan elektr energiya ta’minoti to‘liq tiklangan.

Mavzuga doir:

 Turkmanistondan kelgan elektr energiyasi sababli Samarqanddagi ba’zi tumanlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi

“Hududiy elektr tarmoqlari” Samarqandda elektr energiyasidagi uzilishlar yuzasidan izoh berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют