» » Shavkat Mirziyoyev davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi


Shavkat Mirziyoyev “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Prezidentning 2018-yil 22-yanvardagi “Xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar:

2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat buyurtmachilariga elektron do‘konning qo‘shimcha sahifasidan foydalangan holda, davlat xaridlarini hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) kesimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) o‘rtasida amalga oshirish huquqi beriladi. Bunda, elektron do‘konning qo‘shimcha sahifasida xarid qilish tartib-taomili yakuniga ko‘ra tovar (ish, xizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, davlat buyurtmachisi elektron do‘konning asosiy sahifasidan foydalanmasdan mustaqil ravishda tanlangan yetkazib beruvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga haqli emas.

Moliya vazirligi 2020-yil 1-yanvardan boshlab moliya organlari va budjet tashkilotlari moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazi bazasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlari uchun o‘quv jarayoniga sohadagi yetakchi mutaxassislarni keng jalb qilgan holda davlat xaridlari bo‘yicha maxsus kurslar tashkil qiladi.

2020-yil 1-apreldan boshlab budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi mablag‘lariga nisbatan Moliya vazirligi g‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochish orqali g‘azna ijrosi mexanizmi joriy etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют