» » Citigroup: ko‘plab fransuzlar Fransiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini istaydi

Citigroup: ko‘plab fransuzlar Fransiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini istaydi


Citigroup xalqaro moliyaviy konglomerati tadqiqotiga ko‘ra, fransiyaliklarning aksariyati Fransiyaning Yevropa Ittifoqidagi a’zoligi borasida xuddi Britaniyaniki kabi referendum o‘tkazilishini xohlaydi, deya xabar berdi “Kommersant”.

Shu bilan birga, yevro hududidan chiqib, milliy valyuta — frankka qaytishni xohlamaydiganlar ko‘proq qismni tashkil qildi.

“So‘rovda qatnashganlarning 54 foizi Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha referendum o‘tkazish tarafdori. Biroq so‘rovda ishtirok etganlarning 72 foizi yevrodan voz kechib, frankka qaytishga qarshi ekanliklarini ma’lum qildi”, — deb CNBC telekanali Citigroup izlanishlaridan parcha keltirdi.

“Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqadigan bo‘lsa, Fransiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi borasida referendum o‘tkazishga va’da bergan. Ammo ko‘plab ijtimoiy so‘rovlar natijasi Le Pen yangi prezident bo‘la olmasligini ko‘rsatmoqda.

“Biz har bir nomzodning g‘alaba qozonish ehtimolini quyidagicha deb hisoblaymiz: Fransua Fiyon — 40 foiz, Emmanuel Makron — 35 foiz, Marin Le Pen — 20 foiz, Benua Xamon — 5 foiz”, — deyiladi Citigroup tadqiqotida.

Опубликовано: admin (5-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют