» » O‘zbekiston Veterinariya qo‘mitasi mahalliy kompaniyaning dori vositasini yarim yildan ortiq sababsiz ro‘yxatdan o‘tkazmagan

O‘zbekiston Veterinariya qo‘mitasi mahalliy kompaniyaning dori vositasini yarim yildan ortiq sababsiz ro‘yxatdan o‘tkazmagan


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi shu yilning oktabr oyida Veterinariya mahalliy kompaniyasining murojaatini o‘rganib chiqdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Murojaatda keltirilishicha, veterinariya dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha 2019-yilning mart oyida berilgan ariza bugungi kunga qadar biror sabab ko‘rsatilmagan holda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ruxsat berish bilan bog‘liq ushbu tartibot ariza berilgan vaqtdan e’tiboran 36 kun mobaynida hal etilishi kerak, bu holatda davlat organi belgilangan muddatga rioya etmagan, ya’ni ariza berilganiga 7 oydan oshib ketgan.

Qayd etilishicha, veterinariya dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berilgan vaqtda faqat bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan xuddi shunday dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan, bu degani iste’molchi uchun tanlash huquqi deyarli yo‘q bo‘lgan.

Murojaatni o‘rganish natijalarini ko‘rsatishicha, dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza olingan kundan e’tiboran Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan qaror qabul qilinishi uchun ushbu dori vositasini sinov natijalari kerak bo‘lgan. Biroq, o‘tgan 7 oy mobaynida dori vositasi laboratoriya sinovidan o‘tkazilmagan va dori vositasi nima sababdan ro‘yxatdan o‘tkazilmayotgani to‘g‘risida tushuntirish ham berilmagan.

Qo‘mita raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi holati bo‘yicha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga nisbatan ish qo‘zg‘atgan.

Natijada, ro‘yxatda o‘tkazish uchun taqdim etilgan veterinariya dori vositasi laboratoriya sinovidan o‘tkazildi, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olinib, Vetteria mahalliy kompaniyasiga tegishli guvohnoma berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют