» » Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokaralarni davom ettirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Oliy darajadagi tashriflar muntazamlik kasb etgani davlatlararo munosabatlar yuksak darajada rivojlanayotganidan dalolat beradi. O‘zbekiston va Rossiya rahbarlarining bu galgi uchrashuvi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asos solgan o‘zaro manfaatli muloqotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Unda savdo-iqtisodiyot, neft-kimyo, transport kommunikatsiyalari, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, turizm, mehnat migrantlariga munosib sharoitlar yaratish va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Rossiya xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Ikki mamlakatning tashqi siyosat, tashqi savdo, mudofaa mahkamalari o‘rtasida o‘zaro maslahatlashuvlar izchil amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston va Rossiya BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarida savdo-iqtisodiy hamkorlik asosiy o‘rin tutadi. 2013—2017-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2015—2019 yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga oid hukumatlararo bitimga muvofiq bu sohadagi aloqalar izchil taraqqiy etmoqda.

Rossiya O‘zbekistonning yetakchi savdo sheriklaridan biri. O‘zbekiston Rossiyaga tabiiy gaz, transport vositalari, qora va rangli metallar, trikotaj, paxta tolasi, meva-sabzavotlar, turli xizmatlar eksport qiladi. Rossiya O‘zbekistonga transport vositalari, kimyo va qog‘oz sanoati tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi.

O‘zbekistonda rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 961 qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda Rossiyaning 64 firma va kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan. Rossiya hududida o‘zbekistonlik hamkorlar bilan 595 tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan bo‘lib, ular samarali faoliyat olib bormoqda.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘sib bormoqda.

Ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan muzokarada o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga ko‘tarish borasida fikr almashildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют