» » Rossiya kompaniyasi 10 yil davomida Andijondagi uchta kondan qazib olingan neftning yarmini olib ketadi

Rossiya kompaniyasi 10 yil davomida Andijondagi uchta kondan qazib olingan neftning yarmini olib ketadi


Andijanpetro O‘zbekiston—Rossiya qo‘shma korxonasi 10 yil Andijon viloyatida neft qazib chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda 5-dekabr, payshanba kuni Andijanpetro qo‘shma korxonasi operatorlarining ish boshlashiga bag‘ishlangan tadbirda Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i Behzod Normatov aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Andijanpetro qo‘shma korxonasi “O‘zbekneftgaz” va Rossiyaning “Zarubejneft” kompaniyasi tomonidan 2019-yil martida tashkil etilgan. O‘zbekiston Energetika vazirligi Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i Behzod Normatovning “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga ma’lum qilishicha, korxona Andijondagi uchta konda qazish ishlarini olib boradi.

“Rossiyaning ‘Zarubejneft’ kompaniyasi birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston neft konlariga qiziqish bildirgan. Janubiy Olamushuk, Xartum va Sharqiy Xartum konlarini rossiyalik hamkorlarimizga berib, neft qazib chiqarishni oshirishni maqsad qilganmiz”, — deydi Normatov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kompaniyasi loyihaga 13,6 million dollar miqdorida investitsiya kiritmoqda. “Ushbu loyiha bo‘yicha hech qanday tender o‘tkazilmagan. Chunki muzokaralar 1,5 yil avval boshlagan, u vaqtda tender o‘tkazish to‘g‘risidagi tartib yo‘q edi”, — dedi vazirlik vakili.

10 yilga mo‘ljallangan loyiha doirasida investor konlarda yangi texnologiyalarni tatbiq etadi. Bu vaqt ichida qo‘shma korxona konga ishlov berilmagan vaqtda olinadigan 84 ming tonna neftni 300 ming tonnaga, ya’ni qo‘shimcha 216 ming tonnaga oshirishni rejalashtirgan.

“O‘n yil davomida ortig‘i bilan qazib olinadigan neftning yarmi ‘Zarubejneft’ kompaniyasi tomonidan olib chiqib ketiladi”, — deb aytgan Behzod Normatov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют