» » Toshkentda ko‘chmas mulkini sotgan fuqaroning 100 ming dollardan ortiq pulini bosqinchilar olib qochdi

Toshkentda ko‘chmas mulkini sotgan fuqaroning 100 ming dollardan ortiq pulini bosqinchilar olib qochdi


Toshkentda 33 yoshli X.J.ning 100 ming dollar va 200 million so‘mi bosqinchilar tomonidan olib qochildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2019-yilning 28-noyabr kuni 38 yoshli Q.X. tanishlari 25 yoshli I.D. va 33 yoshli S.M. hamda Sh.S. bilan oldindan jinoiy til biriktirgan. Ular fuqaro 33 yoshli X.J.ning ko‘chmas mulkini sotganligi va yonida katta miqdordagi pullari borligini bilgan holda, shu kuni taxminan soat 19:10 da yuzlariga qora niqob kiygan holda Toshkent shahar Chilonzor tumani 19-mavzedagi ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagida X.J.ga hujum qilgan.

Jinoiy guruh a’zolari qo‘llarida bo‘lgan 2 dona rezina bolg‘a bilan X.J.ning bosh va yuz qismlariga urgan. Bosqinchilar X.J.ning qo‘lidagi qora rangli polietilen paketda o‘ralgan 104 700 dollar va qog‘oz quti ichidagi 200 million so‘m naqd pullarini qo‘lga kiritib, Lacetti rusumli avtomashinada hodisa joyidan yashiringan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida bir nechta barmoq izlari va 2 dona rezina bolg‘a ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, gumon qilinuvchilarning barchasi ushlanib, uylarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida S.M.ning uyidan 5 000 dollar va 8 500 000 so‘m pul mablag‘lari hamda Sh.S.dan Lacetti avtomashinasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 28-noyabr kuni Chilonzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan I.D., S.M., Sh.S. va Q.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют