» » Bir uyni ikki xaridorga pullagan qashqadaryolik 13 kishini chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi

Bir uyni ikki xaridorga pullagan qashqadaryolik 13 kishini chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi


“Daryo”da qashqadaryolik quruvchi-tadbirkor bir uyni ikki xaridorga pullagani va ushbu maqola ortidan Qashqadaryo prokuraturasi fuqaro D.O‘.ga nisbatan jinoyat ishi ochgani xususida xabar berilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, D.O‘. 13 nafar fuqaroga uy olib berishini aytib, ularni aldash orqali katta mablag‘ni qo‘lga kiritgan. Bu haqda Qashqadaryo IIBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

“1983-yilda tug‘ilgan D.O‘. “Shovot maxsus bino qurilish” MChJga rahbarlik qilib kelib, fuqarolarga o‘z tashkiloti tomonidan qurilayotgan uylarni sotishini aytib, 2017-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan davr mobaynida 13 nafar fuqaroning jami 1 milliard 457 million 276 ming so‘m miqdordagi pullarini qo‘lga kiritgan va o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan”, — deydi viloyat IIB tergov boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Otanazarov.

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, D.O‘. bugungi kunda qamoqda saqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2019, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют