» » Olimlar har qanday saraton hujayrasini o‘ldiradigan virusni yaratdi

Olimlar har qanday saraton hujayrasini o‘ldiradigan virusni yaratdi


Avstraliyaning biotexnologiyalarga ixtisoslashgan Imugen kompaniyasi (Аustralia biotech company Imugene) mutaxassislari saraton o‘simtalari hujayralarini o‘ldiruvchi sun’iy virus yaratdi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.

Saraton shishlarini yo‘q qiluvchi virus CF33 nomini olgan. Yaqin vaqt ichida uni odamlarda sinab ko‘rish rejalashtirilmoqda.

Olimlar yangi virusning muvaffaqiyatiga ishonmoqda. Bunga laboratoriya tekshiruvlari imkon bermoqda. Tekshiruvlar davomida virus 60 turdagi saraton hujayralarini o‘ldirgan. Shuningdek, virus sichqonlarda ham ijobiy natija bergan va ularni saratonning turli xil ko‘rinishlaridan xalos qilgan.

Ma’lum qilinishicha CF33 ning o‘ziga xosligi shundaki, mazkur zamonaviylashtirilgan virus har qanday saraton hujayrasini ichidan yo‘q qilishga mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 8) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют