» » Kitob o‘qishga, teleseriallarga, o‘yinlarga, sportga berilish: eng noodatiy moyilliklar

Kitob o‘qishga, teleseriallarga, o‘yinlarga, sportga berilish: eng noodatiy moyilliklar


Biror narsaga berilish yoki o‘chlikni o‘rganish bilan bir yo‘la bir nechta fan — psixologiya, sotsiologiya, tibbiyot shug‘ullanadi. Noodatiy berilishlar shunchalik ko‘pki, ularni bitta maqolaga sig‘dirib bo‘lmaydi. Keling, ularning ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.

Bunday moyillikka ichki quloq kasalligi olib kelishi mumkin, uning natijasida odam diqqatni to‘plash qobiliyatini yo‘qotadi, unda sababsiz xavotir, qo‘rquvlar paydo bo‘ladi. Ammo odam sog‘aygach, u bosh ko‘tarmasdan o‘qishni boshlaydi, chunki endi o‘qish jarayoni juda oddiy va oson tuyuladi, va ularga katta zavq bag‘ishlaydi. O‘qishga berilgan kishilar uxlamay qo‘yadi, chunki deyarli butun vaqtini kitobga sarflaydi. Ko‘pchilik hatto o‘z ishini ham tashlaydi.

Keksa ayollarga xos. Agar qandaydir sabablarga ko‘ra, teleseriallarga mukkasidan ketgan ayollar navbatdagi seriyani ko‘ra olmasa, ularning qo‘llari qaltirab, lablari titray boshlaydi — bular narkotik “lomka” simptomlari va psixoz belgilari.

Bolalar va o‘smirlarning ko‘p qismi azob chekadigan moyillik. Boshida bunday o‘chlik yengil kechadi. Bola shunchaki bo‘sh vaqtini kompyuter yoki o‘yin pristavkasi qarshisida o‘tkazadi, ovqatlanish va uxlash haqida unutadi, hatto uyqusida ham klavishlarni teradi. O‘yinga berilgan kishilarda paydo bo‘ladigan simptomlar quyidagicha:

Ko‘pincha sportga berilganlar o‘z qomatini etalon standartlarga yaqinlashtirish maqsadida keladi. Ammo oxir-oqibat bunday ishtiyoq haddan tashqari zo‘r berish va sportga bog‘lanib qolishga olib keladi. Agar jismoniy yuklama minimumgacha kamaytirilsa, organizm xuddi narkotiklardan voz kechilganda kuzatiladigan “lomka”ni boshdan o‘tkazadi. So‘ng odam depressiyaga tushadi, uyqusi yomonlashadi, agressiya esa kuchayadi.

Manba: “Bunpie.ru”

Опубликовано: admin (5-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют