» » ?Faqat tilda o‘rinbosar maqomini olgan va ish boshlaganiga 5 oy ham bo‘lmagan matbuot kotiblari Qashqadaryo hokimi tanqidiga uchradi

?Faqat tilda o‘rinbosar maqomini olgan va ish boshlaganiga 5 oy ham bo‘lmagan matbuot kotiblari Qashqadaryo hokimi tanqidiga uchradi


Qashqadaryodagi 8 ta tuman hokimlarining matbuot kotiblari viloyat rahbari Zoir Mirzayev tanqidiga uchradi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, 6 dekabr kuni viloyat hokimi Zoir Mirzayev rahbarligida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatiga doir tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Viloyat hokimi axborot xizmati rahbarlarini OAVlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ymaganlikda ayblagan.

— Yig‘ilishda tuman va shahar hokimliklari hamda tashkilot rahbarlarining matbuot kotiblari — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyati ham tanqid ostiga olindi. Chiroqchi, Muborak, Mirishkor, Qamashi, Kitob, Shahrisabz, G‘uzor va Qarshi tuman hokimlarining matbuot kotiblari hududda sohalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritishda OAVlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ymagan, — deyiladi axborot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbir va loyihalar hokimlik va tashkilotlarning matbuot kotiblari tomonidan a’lo darajada yoritilmagan yoki mas’ullar tomonidan tadbirlar tashkil etilmagan.

 — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida belgilangan. Ammo bayramona ruhni hali ham sezmadik. Rahbarning maslahatchisi, o‘rinbosari maqomi berilgan matbuot kotiblari har bir holatni oldindan rahbarga yetkazib turishi kerak emasmi?, — deya hokim gapidan iqtibos keltirilgan viloyat hokimligi axborot xizmati.

Zoir Mirzayev yig‘ilish yakunida hokimlar va viloyat tashkiloti rahbarlariga matbuot xizmati rahbarlari faoliyatini viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bilan kelishgan holda o‘rganib, xulosa berish vazifasini topshirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatda tuman va shahar hokimliklari, mavjud boshqarma boshliqlarining o‘rinbosarlariga tenglashtirilayotgan matbuot kotiblariga oylik ish haqi tayinlash va xizmat ko‘rsatish borasida haligacha Prezident talabi bajarilmagan.

— Matbuot kotiblariga o‘rinbosar maqomi faqat tilda, amalda esa hech qanday o‘zgarish sezilmayapti, — deydi matbuot kotiblaridan biri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют