O‘zbekistonda barcha ish beruvchilar bajarishi majburiy bo‘lgan yangi tartib paydo bo‘ldi
Hukumat qarori bilan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.
Nizomga ko‘ra, mehnat munosabatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YAMMT” IDAK)dan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.
“YAMMT” IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepuldir.
Ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish “YAMMT” IDAKga mehnat shartnomasi haqidagi ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, “YAMMT” IDAKdagi elektron mehnat daftarchasiga kirish:
Ma’lumot uchun: “YAMMT” IDAK Prezidentning 2019-yil 31-oktabrdagi qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
Manba: Daryo.uz