» » Xorazmda DXXning soxta xodimi ushlandi

Xorazmda DXXning soxta xodimi ushlandi


Xorazmda fuqaroni chegara qo‘shinlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib pora talab qilgan DXXning soxta xodimi ushlandi. Bu haqda “Daryo”ning DXXdagi manbalari xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Urganchdagi maktablarining birida psixolog vazifasida ishlab kelgan 35 yoshli A.M. fuqaro Q.O.ga o‘zini go‘yoki hozirda Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasida ishlayotganligini aytib, 600 dollari evaziga uni Chegara qo‘shinlariga ishga kiritib qo‘yishi mumkinligini bildirgan.

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida A.M. jabrlanuvchi Q.O.dan 600 AQSh dollari olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют