» » Uzbekistan Airways samolyotlari tuman tufayli havoga ko‘tarila olmayapti

Uzbekistan Airways samolyotlari tuman tufayli havoga ko‘tarila olmayapti


Toshkentda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rishning pasayishi) tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta reyslari belgilangan vaqtda havoga ko‘tarila olmadi.

Aviakompaniya matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, London—Toshkent yo‘nalishidagi HY-202 reysi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘na olmagan va samolyot qo‘mondoni Navoiy shahridagi zaxira aeroportiga favqulodda qo‘nishga qaror qilgan.

Toshkent—Dehli yo‘nalishidagi HY-423 reys parvozi kechiktirilishi kutilmoqda — u ob-havo sharoiti yaxshilangunga qadar soat 11:30ga qoldirilgan.

Toshkent—Bangkok yo‘nalishidagi HY-533 reysining jo‘nashi ham noma’lum muddatga qoldirilgan.

Qarshi—Moskva yo‘nalishidagi HY-623 reysi parvozga ko‘tarilishiga ruxsat berilishini kutmoqda.

Shuningdek, Toshkent—Qarshi va Toshkent-Buxoro yo‘nalishlari bo‘yicha mos ravishda HY-77 hamda HY-23 ichki reyslari ham ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют