» » O‘zbekiston Rossiyaning Afg‘oniston masalasidagi nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston Rossiyaning Afg‘oniston masalasidagi nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatlaydi


O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha Rossiyaning nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbat davomida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “TASS”.

“Biz Afg‘oniston masalasida ilgari surayotgan tashabbuslari bo‘yicha Rossiyaga to‘liq ko‘mak ko‘rsatamiz va uni qo‘llab-quvvatlaymiz. 14-aprel kuni Afg‘oniston masalasida bo‘ladigan uchrashuvda O‘zbekiston idoralari vakillari ham albatta qatnashadi”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, Afg‘onistondagi tinchlik va farovonlik O‘zbekiston uchun katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Prezidenti Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha Rossiyaning sa’y-harakatlarida faol qatnashadi.

O‘zbekiston Prezidentining qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirmoq zarur.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют