» » Bundesliga. “Borussiya D” “Fortuna D” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi, “Bavariya”da esa mag‘lubiyat (video)

Bundesliga. “Borussiya D” “Fortuna D” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi, “Bavariya”da esa mag‘lubiyat (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 14-turi doirasida 7-dekabr, shanba kuni 5 ta o‘yin yakunlandi.

Lyusyen Favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” klubi “Signal Iduna Park” stadionida “Fortuna Dyusseldorf” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “arilar” vakillari Marko Roys (42, 70) va Jeydon Sancho (63, 74) 2 tadan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, Torgan Azar (58) o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Natijada dortmundliklar “Fortuna” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Dortmund klubi 26 ochko yig‘gan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Fortuna” esa 12 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

Shu kuni Xans-Diter Flik boshqaruvidagi Myunxenning “Bavariya” klubi esa “Borussiya Myuxengladbax” maydoniga safar qildi.

Bellashuvda “qizillar” yarim himoyachisi Ivan Perishich (49)ning goliga mezbonlar jazoirlik himoyachi Rami Bensebayni (60, 90, penalti)ning dubli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Myunxen klubi mehmonda “Borussiya Myunxengladbax”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, “qizillar” 24 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. “Borussiya Myunxengladbax” esa 31 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bundesliga

14-tur bahslari

7-dekabr, shanba

Gollar: 1:0 – 42 Roys, 2:0 – 58 Azar, 3:0 – 63 Sancho, 4:0 – 70 Roys, 5:0 – 74 Sancho

Gollar: 1:0 – 11 Verner, 2:0 – 52, penalti Verner, 3:0 – 83 Zabitser, 3:1 – 89 Bichakchich

Gollar: 0:1 – 49 Perishich, 1:1 – 60 Bensebayni, 2:1 – 90, penalti Bensebayni

Gol: 1:0 – 85 Shmid

Gollar: 0:1 – 15 Oztunai, 1:1 – 41 Rixter, 2:1 – 65, penalti Niderlexner

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют