» » Urgutda 26 yoshli yigit o‘zaro janjal vaqtida 44 yoshli mahalladoshiga og‘ir jarohat yetkazdi

Urgutda 26 yoshli yigit o‘zaro janjal vaqtida 44 yoshli mahalladoshiga og‘ir jarohat yetkazdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanidan yo‘llangan murojaatda, H.X. ismli fermer hech kimga tinchlik bermasligi va hamma bilan janjallashishi, biron marotaba javobgarlikka tortilmaganligi, har doim yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlarini ishga solib “suvdan quruq chiqayotganligi”, bu esa o‘z navbatida aholi orasida norozigarchiliklarga sabab bo‘layotganligi haqida post qoldirilgan. Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Samarqand viloyat Urgut tuman “O‘roqboyjar” mahallasida haqiqatan ham 63 yoshli H.X. ismli fermer yashab kelayotganligi, u ancha vaqtdan buyon bir yer maydoni bo‘yicha o‘zining mahalladoshi 44 yoshli B.E. bilan janjallashib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.

13-noyabr kuni taxminan soat 19:30 larda H.X. o‘zining o‘g‘li 26 yoshli O.X. bilan birgalikda, Urgut tuman “O‘roqboyjar” mahallasi ichki yo‘lida, mahalladoshi 44 yoshli B.E bilan navbatdagi janjal vaqtida, 26 yoshli O.K. qo‘lidagi yog‘och kaltak bilan B.E.ning tanasini turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.

Fuqaro B.E. olgan tan jarohatlari yuzasidan Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. O‘tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra B.E. og‘ir tan jarohati olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda ekspertiza xulosasi olinganidan keyin jinoyat ishi JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) ga qayta malakalangan.

Shu tariqa internet tarmog‘iga joylashtirilgan ma’lumot haqiqatga to‘la mos kelmasligi ayon bo‘ldi. Qonunga xilof ravishda ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan har qanday shaxs javobgarlikka tortilib, jazoning muqarrarligi ta’minlanadi. Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют