» » OAV: AQSh “Tolibon” harakati bilan muzokaralarga qaytadan kirishdi

OAV: AQSh “Tolibon” harakati bilan muzokaralarga qaytadan kirishdi


AQSh “Tolibon” harakati bilan Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish yuzasidan muzokaralarni qaytadan boshladi. Bu haqda TOLOnews telekanaliga asoslanib “Kommersant” xabar berdi.

“AQSh Dohada o‘tayotgan muzokaralarga qo‘shildi. Muhokamalarning asosiy mavzusi Afg‘oniston ichkarisidagi muzokaralarga xalaqit qilayotgan zo‘ravonlikni to‘xtatish va o‘t ochishni bas qilishni kelishib olish bo‘ladi”, — deydi telekanal manbasi.

Mavzuga doir: “Tolibon” harakati eng xavfli terrorchilik tashkiloti deb topildi

Sentabrda AQSh prezidenti Donald Tramp “Tolibon” harakati bilan kelishuvning imkoniyatlarini “o‘lik” deb baholagan. Vashington “Tolibon” harakati bilan muzokaralar qayta boshlashi mumkinligini 22-noyabrda e’lon qilgan. 29-noyabrda norasmiy tashrif bilan “Bagram” aviabazasiga kelgan Tramp “Tolibon”ning tinchlik kelishuvini imzolashga tayyorligini bildirgan. Ushbu bayonotni harakat vakillari ham tasdiqlagan. 4-dekabrda AQSh davlat departamenti mamlakatning maxsus elchisi Zalmayning Dohada o‘tayotgan Afg‘onistondagi ichki nizolarni barataraf qilish va tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют