» » Erdo‘g‘on turk armiyasining Suriyadagi yangi maqsadlarini e’lon qildi

Erdo‘g‘on turk armiyasining Suriyadagi yangi maqsadlarini e’lon qildi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Manbij va Raqqa shaharlarini mamlakat qurolli kuchlarining Suriyadagi navbatdagi maqsadlari deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Al-Bob — biz natijaga erishayotganimizni tasdiqlaydigan so‘nggi misol. Avvalroq Jarablus, Dabiq, Ar-Rai ozod etilgan edi. Yurishni davom ettiramiz, oldinda Manbij kutib turibdi. Agar koalitsiya bergan va’dasida tursa, Raqqani ham ozod qilamiz”, — dedi Erdo‘g‘on Bursadagi namoyishda qilgan chiqishi chog‘ida.

Turkiya armiyasi 2016-yilning 24-avgustida Suriyadagi IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi “Frot qalqoni” nomli harbiy operatsiyani boshlagan edi.

Operatsiya doirasida Suriya shimolidagi Jarablus, Al-Bob shaharlari terrorchilardan ozod qilindi. Mart oyida “Frot qalqoni” operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlangani e’lon qilindi.

Ayni vaqtda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim mamlakat xavfsizligi uchun tahdid sezilsa, yangi operatsiya boshlanishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют