» » Yunusobod tumani elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi

Yunusobod tumani elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi


Yunusobod tumanida elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi. Bu haqda “Daryo” internet-nashri mobil muxbirlari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari ma’lum qildi.

@KunUzNews Yaxshi bo'pti qo'shgan bo'lsa,butun Yunusobod tumanida 8 soatdan beri svet yo'q,aqalli 2 og'iz shu haqida ham yozsanglarchi ! ! !

— Abbos FAYZULLAYEV (@A_Fayzullayev) April 5, 2017

Foydalanuvchilarning ma’lum qilishicha, “Universam” bekati yaqinidagi podstansiyada yong‘in kelib chiqqan. Tumanning ayrim hududlarida bir necha soatdan beri chiroq yo‘qligi aytilmoqda.

“Hozirgi vaqtda odamlar ishlayapti, vaziyatni tartibga keltirishyapti. Sabr qilib, kutib turaylik, ixtisoslashtirilgan xizmatlar qo‘llaridan kelganini qilmoqda”, — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Ayni vaqtda Yunusobodning ba’zi hududlarida elektr ta’minoti qayta tiklangani aytilmoqda.

“Qalampir.uz”ning Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga asoslanib xabar berishicha, Yunusobod tumanida joylashgan tuman elektr podstansiyasidan transformator 14:34 yonib ketgan, 14:40 da o‘t o‘chirish mashinalar voqea joyiga yetib kelgan. 14:56 da olov o‘chirilgani aytilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют