» » “Lester” APLdagi rekordini qayd etib, amaldagi chempiondan 6 ochko o‘zib ketdi

“Lester” APLdagi rekordini qayd etib, amaldagi chempiondan 6 ochko o‘zib ketdi


“Lester” futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 16-turida “Aston Villa”ni mag‘lubiyatga uchratdi (4:1).

Brendan Rojers boshchiligidagi jamoa Angliya Premyer Ligasidagi g‘alabali seriyasini sakkiz o‘yinga yetkazdi. Bu klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. So‘nggi bor “tulkilar” 5-oktabrda “Liverpul”ga yutqazib qo‘ygandi (1:2).

Avvalroq “Lester” Angliya chempionati doirasida “Byornli” (2:1), “Sauthempton” (9:0), “Kristal Pelas” (2:0), “Arsenal” (2:0), “Brayton” (2:0), “Everton” (2:1) va “Uotford” (2:0) kabi jamoalarni mag‘lub etgandi.

“Lester” 16-turdan keyin 38 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va uchinchi pog‘onadagi “Manchester Siti”ni olti ochkoga ortda qoldirmoqda. Peshqadam “Liverpul”dan esa sakkiz ochko kam to‘plagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют