» » Germaniyalik shifokorlar Andijonda bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

Germaniyalik shifokorlar Andijonda bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro tashkiloti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuviga asosan Andijon viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida tibbiy ko‘rik bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida 4—12-aprel kunlari o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, og‘ir deb topilgan bemor bolalar joriy yilning avgust oyida Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanish uchun 6 oydan 3 yilgacha muddatga yuboriladi.

Tibbiy ko‘rikda xorijlik shifokorlar bilan birga, O‘zbekiston mutaxassislari ham ishtirok etdi. Tibbiy tekshiruvlar Germaniyadan keltirilgan tibbiy jihoz va uskunalar yordamida olib borilgani ko‘rikning yanada samarali bo‘lishini ta’minladi.

“Ko‘riklar yakunida 5 bolaga Germaniyaga borib davolanishi uchun xulosa berildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (5-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 27) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют