» » Namanganda ayol 35 kunlik chaqalog‘ini 500 dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Namanganda ayol 35 kunlik chaqalog‘ini 500 dollarga sotmoqchi bo‘ldi


Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.T. 35 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi, deb yozadi “Postda.uz”.

“Ayol shu maqsadda tanishi Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limi mudirasi N.T. bilan jinoiy til biriktiradi. Natijada tug‘ruqxona bo‘limi mudirasi ‘Qurama’ mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi uy bekasi M.M. hamda uning turmush o‘rtog‘iga M.T. farzandini 500 AQSh dollariga sotmoqchi ekanligini aytadi”, — deyiladi xabarda.

M.M. tuman tibbiyot birlashmasiga 5 500 000 so‘m pul olib kelib, N.T.ga 1 500 000 so‘m va chaqaloqning onasiga esa 2 200 000 so‘m pul hamda umumiy qiymati 500 000 so‘mlik kiyimlarni beradi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют