» » Toshkentda xonadonlardagi barcha hisoblagichlarni birlashtiruvchi dasturning sinov loyihasi ishga tushiriladi

Toshkentda xonadonlardagi barcha hisoblagichlarni birlashtiruvchi dasturning sinov loyihasi ishga tushiriladi


Toshkent shahri aholisiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash va to‘lov tizimini takomillashtirish maqsadida Toshkent shahar hokimligi hududiy kommunal foydalanish birlashmasi yangi innovatsion loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Loyiha dastlab sinov tarzida Yakkasaroy tumani Boshliq mavzesidagi 29-uyda, Janubiy Koreya kompaniyasi bilan hamkorlikda va kompaniya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Loyihaga asosan har bir xonadonga yangi turdagi sovuq suv, issiq suv, issiqlik quvvati, elektr energiyasi, gaz hisoblagichlari o‘rnatiladi va barcha hisoblagichlar bitta dasturga birlashtiriladi.

Dasturning ishlash prinsipi mobil operatorlar xizmatiga o‘xshash, ya’ni xonadon egasining telefon raqamiga kommunal xizmat bo‘yicha hisobda qancha mablag‘ qolganligi va to‘lovni amalga oshirish haqida xabar yuboriladi.

Hisoblagichlarni tekshirish uchun hech kim xonadonga kelmaydi. To‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, ma’lum turdagi kommunal xizmatlar markaziy kompyuter tomonidan to‘xtatiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют