» » “Barselona” posboni bir ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropada yetakchi bo‘lib turibdi

“Barselona” posboni bir ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropada yetakchi bo‘lib turibdi


“Barselona” futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 16-turida “Malyorka” ustidan yirik g‘alabaga erishdi (5:2).

Kataloniyaliklar klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen mazkur o‘yinda samarali uzatma amalga oshirdi. Uning pasidan keyin Antuan Grizmann raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Bu ter Shtegen uchun ushbu mavsumdagi ikkinchi golli uzatma bo‘ldi. Germaniyalik darvozabon sentabr oyida “Xetafe”ga qarshi o‘yinda (2:0) Luis Suaresning goliga hammuallif bo‘lgandi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, ter Shtegen Yevropa kuchli beshlik ligalari futbolchilari orasida ushbu mavsumda ikkita samarali uzatma amalga oshirgan yagona darvozabon bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют