» » General Motors Rossiyadagi barcha zavodlarini sotib bo‘ldi

General Motors Rossiyadagi barcha zavodlarini sotib bo‘ldi


AQShning General Motors kompaniyasi o‘zining Rossiyadagi so‘nggi aktivini sotmoqda. “AvtoVAZ” kompaniyasi GM-Avtovaz qo‘shma korxonasidagi General Motors’ning 50 foiz ulushini sotib olmoqda. Xariddan so‘ng GM-Avtovaz to‘liq Rossiya kompaniyasiga aylanadi. Bu haqda “AvtoVAZ” kompaniyasi tomonidan ma’lum qilindi, deya xabar beradi Meduza.

Qayd etilishicha, qo‘shma korxonaga tegishli zavod ma’lum vaqt davomida Niva Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarishni davom ettiradi.

Keyinchalik avtomobillar Lada brendi ostida ishlab chiqariladi, GM-Avtovaz kompaniyasining nomi esa o‘zgartiriladi.

GM-Avtovaz Rossiya avtosanoatidagi xorijiy kapital ishtirokidagi dastlabki korxonalardan biri bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют