» » Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanishi ma’lum qilindi


Mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2019—2020-o‘quv yilining ikkinchi choragi yakunlanishi munosabati bilan beriladigan ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qishki ta’til 2019-yilning 28-dekabridan boshlanib, 2020-yilning 10-yanvar kuni yakunlanadi.

“2020-yilning 11-yanvaridan uchinchi chorakning birinchi kuni boshlanadi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Oliy ta’lim vazirligi talabalarning qishki ta’tili bo‘yicha ma’lumot berdi

Avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekistonda 22-dekabrda o‘tkaziladigan saylov munosabati bilan talabalarning qishki ta’til muddati o‘zgarishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Talabalar o‘zi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyida ovoz berishlari uchun 2019/2020-o‘quv yili qishki ta’til davri 2019-yil 20-dekabrdan 2020-yil 6-yanvargacha etib belgilanishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют