» » Xalq banki: O‘zgarish va yangilanishlar davri

Xalq banki: O‘zgarish va yangilanishlar davri


Xalq banki O‘zbekiston moliya bozorida o‘z mavqeyini yanada mustahkamlash maqsadida 2019-yilda ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarishda innovatsion yangilanishlarga jadallik bilan kirishdi. Ya’ni bank o‘z-o‘zini yangilab, transformatsiyani izchillik bilan amaliyotga tatbiq etyapti.

Bu kabi o‘zgarishlar samarasi Xalq banki ustav kapitali o‘sishida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, bank ustav kapitali qo‘shimcha 227,9 million AQSh dollariga ortdi. Ya’ni bugungi kunda bu ko‘rsatkich 4 230,9 milliard so‘mga yetdi. O‘tgan yilning shu davrida bu raqam 1 540,3 milliard so‘mni tashkil qilgandi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Xalq bankining nominal qiymati 1 000,0 so‘m bo‘lgan 2 164 172 ming dona oddiy aksiyalari sotib olindi va buning natijasida jamg‘armaning bank ustav kapitalidagi ulushi 38,8 foizdan 70,1 foizga ko‘tarildi. Bankning qolgan aksiyalariga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi egalik qiladi hamda uning ulushi 29,9 foizni tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Farhod Salamov Xalq banki boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlanganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Shu paytga qadar F. Salamov bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi. 2018-yilgacha esa AQShning eng yirik banklaridan biri — “U.S. Bancorp” korporatsiyasi bosh ofisining ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют