» » Eldor Shomurodov Fransiya klubiga o‘tishi mumkin

Eldor Shomurodov Fransiya klubiga o‘tishi mumkin


“Lion” O‘zbekiston terma jamoasi va “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda.

Ta’kidlanishicha, fransiyaliklar klubi skautlari 24 yoshli futbolchini “Spartak” — “Rostov” uchrashuvida (4:1) kuzatib borgan. Qishki tanaffus arafasidagi so‘nggi o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi bitta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.

Shuningdek, Shomurodovga Ispaniyaning “Sevilya” klubi ham befarq emas.

“Rostov” hujumchisi Rossiya chempionatida “gol+pas” tizimi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bormoqda. O‘nta gol va beshta samarali uzatmaga muallif bo‘lgan Eldor bu borada faqat “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyubadan ortda qolmoqda.

Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi safida 2019-yili o‘nta gol urishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют