» » Erdo‘g‘on “qotil Asad”ni Idlibdagi kimyoviy hujum oqibatida 100 dan ortiq odamni o‘ldirishda aybladi

Erdo‘g‘on “qotil Asad”ni Idlibdagi kimyoviy hujum oqibatida 100 dan ortiq odamni o‘ldirishda aybladi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriyaning Idlib viloyatida yuz bergan kimyoviy hujum oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujum ortida Suriya prezidenti Bashar Asad turibdi; Erdo‘g‘on suriyalik hamkasbini “qotil” deb ham atadi.

Ayni vaqtda, Erdo‘g‘on qurbonlar soni haqidagi ma’lumotni qayerdan olganiga aniqlik kiritmagan.

Rasmiy Anqara ko‘pdan beri Bashar Asadni tanqid qilib keladi va Suriya yetakchisini bir necha bor hokimiyatni topshirishga chaqirgan.

Shunga qaramay, Rossiya va Turkiya Suriya masalasida hamkorlik qilishda davom etmoqda. Vaholanki, avvalroq rasmiy Moskva kimyoviy hujum masalasida Suriya hukumatiga qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad etib, Suriya armiyasini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют