» » Tashkent City’dagi Boulevard turar joy majmuasi – hayot uchun, hordiq uchun, biznes uchun

Tashkent City’dagi Boulevard turar joy majmuasi – hayot uchun, hordiq uchun, biznes uchun


Turar joy majmuasida odamlar yuqori darajada shinam hayot kechirishlari uchun u qanday bo‘lishi kerak? Uning atrofida nimalar joylashishi va qanday afzalliklarga ega bo‘lmog‘i lozim? Dream City kompaniyasi Boulvard turar joy majmuasi misolida o‘ta zukkolik bilan har jihatdan puxta barpo etilayotgan shahar maskani mavzusini ochib berdi.

Boulevard turar joy majmuasi shahar muhitida hayot kechirishni tashkil etishdagi noyob namuna hisoblanadi va bu yerda insonlarning uy-joy, ish, hordiq va muloqot qilish ehtiyojlari inobatga olingan. Bu yerda yashash uchun shinam xonadonlar, tijorat faoliyati uchun binolar, yuqori darajadagi biznes markaz hamda ikki qadam masofadagi yangi, betakror manzarali Tashkent City parki mujassam qilingan.

Hayot uchun: Boulevard turar joy majmuasi

Boulevard turar joy majmuasi unda istiqomat qiluvchilarning kundalik ehtiyojlarini hisobga olgan holda barpo etilgan. Loyihalashtirish davomida har bir tafsilotlar, jumladan, xonalarning tuzilishlari va shift balandliklaridan tortib to ichki va tashqi infratuzilmagacha inobatga olingan. Turar joy majmuasi konsepsiyasi, shubhasiz, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. Xavfsiz bolalar maydonchalari, nazorat-kirish punktlari tizimiga ega ichki hovlilar, sayr xiyobonlari, favvorali maydonlar, qo‘riqlanadigan yer osti avtoturargohlar – bularning barchasi shinam hayot kechirish uchun puxta o‘ylangan.

Hordiq uchun: Boulevard shoping-avenyu

Boulevard – bu mutlaqo mustaqil shahar mavzesi va bu majmuaning ichki infratuzilmasiga alohida e’tibor qaratilgan. Poytaxtning qoq markazida ham hordiq chiqarish ham xaridlar qilish uchun 3 km masofadagi noyob jamoat joyi – Boulevard shoping-avenyu ko‘zda tutilgan. Tijorat faoliyatini olib borishga mo‘ljallangan 155 ta noturar joylar va tez orada bu maskanlarda brend butiklar, nufuzli restoran va ko‘plab boshqa savdo nuqtalari o‘z eshiklarini ochadilar. Tashkent City aholisi va mehmonlari esa o‘z ehtiyojlarini bu yerlarda sinab ko‘rishlari mumkin. Kundalik xaridlar qilish, tansiq taomlardan bahra olish uchun yaxshi restoranga borish yoki farzandingiz uchun yangi o‘yinchoq sotib olish uchun endi siz uyingizdan uzoqqa borishingizga hojat yo‘q, barchasi yon-atrofingizda mujassam.

Ishbilarmonlik markazida biznes boshlashni istaganlar uchun bu eng foydali taklif, axir park ikki qadam masofada joylashgan bo‘lsa, piyodalarning cheksiz qatnovi, shubhasiz, bu doimiy mijozlar tashrifini ta’minlaydi.

Biznes uchun: Boulevard biznes markazi

Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan ofis – kompaniyaning maqomini belgilab beradi. Poytaxtning yangi ishbilarmonlik hayotining qoq markazida joylashgan biznes markaz, tijorat biznesi uchun nufuzli va daromadli hamda ofis uchun eng namunali joyga aylanadi. Bu yerda maydoni 75 m2 dan to 205 m2 gacha bo‘lgan 30 ta noturar joylar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning 14 tasi chakana savdo hududi uchun va 16 tasi ofislar uchun ajratiladi.

Barcha uchun

Boulevard turar joy majmuasi mamlakatdagi eng yirik, barpo etilishi bo‘yicha yagona bo‘lgan Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan. O‘z hududida turli maqsadlar uchun me’moriy obyektlarni o‘zida mujassam etgan zamonaviy shahar maskani bo‘lib, shulardan biri – bu har bir kishi o‘zining bo‘sh vaqtini mazmunli va maroqli o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ulkan Tashkent City parkidir.

Ko‘ptarmoqli Boulevard turar joy majmuasi – bu yuqori darajadagi shinam hayot uchun puxta o‘ylangan 110 000 m2 maydondagi shahar maskani.

Loyiha bilan Dream City Development kompaniyasining savdo ofisida har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha batafsil tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют