» » Toshkentda metro qurilishi tufayli 19 ta avtobus o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi (xarita)

Toshkentda metro qurilishi tufayli 19 ta avtobus o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi (xarita)


Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqich qurilishlari doirasida yer osti o‘tish yo‘lini barpo etish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan poytaxtdagi yana bir ko‘cha avtmobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi, deb xabar berdi “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari yakuniga qadar hududdagi Ahmad Donish ko‘chasining Yangi shahar ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi o‘tish yo‘li avtotransport harakati uchun yopiladi.

“Bu esa jamoat transporti — avtobuslar harakatiga ham ta’sir o‘tkazadi. Xususan, yuqoridagi manzildan harakatlanuvchi 5, 25, 36, 52, 60, 72, 82, 91, 95, 96, 97, 111, 119, 140, 149, 151, 152, 190, 198-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar yo‘nalish harakatini Ahmad Donish ko‘chasidan Yangi shahar hamda Amir Temur ko‘chalari orqali davom ettiradi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют