» » “Barselona” “Inter”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi. Messi va Pike unda yo‘q

“Barselona” “Inter”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi. Messi va Pike unda yo‘q


“Barselona” futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 6-turidan o‘rin olgan “Inter”ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Kataloniyaliklar qaydnomasidan hujumchi Lionel Messi, himoyachilar Xerard Pike va Serxi Robertolar o‘rin olmadi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” “F” guruhidan muddatidan avval birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Chempionlar Ligasi pley-off masalasini hal qilib qo‘ygan.

“Barselona”ning “Inter”ga qarshi o‘yin qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Neto, Inyaki Penya;

Himoyachilar: Mussa Vage, Samyuel Umtiti, Xunior Firpo, Jan-Kler Todibo, Kleman Langle, Federiko Arauxo, Dani Morer;

Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Karles Alenya, Frenki de Yong, Arturo Vidal, Rikard Puch;

Hujumchilar: Luis Suares, Karles Peres, Antuan Grizmann, Ansumane Fati.

“Inter” — “Barselona” uchrashuvi 10-dekabrdan 11-dekabrga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi. Mazkur o‘yindagi g‘alaba milanliklarni keyingi bosqichga olib chiqadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют