» » Millionlab foydalanuvchilar WhatsApp’siz qoladigan bo‘ldi

Millionlab foydalanuvchilar WhatsApp’siz qoladigan bo‘ldi


WhatsApp messenjeri endilikda Windows Phone operatsion tizimi hamda eskirgan Android va iOS versiyalarida ishlamaydi, deb xabar berdi Daily Mail.

2019-yil 31-dekabrdan keyin Windows Phone’da xabarlar almashinuvi servisi o‘chadi. Android 2.3.7. va iOS 8 operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarni esa 2020-yil 1-fevraldan qo‘llab-quvvatlash to‘xtatiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra bu millionlab foydalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatadi.

Messenjer Android 4.0.3 va iOS 9’dan boshlanadigan operatsion tizimlarda ishlaydi. Kompaniyadagilarning aytishicha, mazkur cheklovlar “kelgusida dastur imkoniyatlarini kengaytirishning iloji yo‘qligi” bilan bog‘liq.

Mavzuga doir: Mark Sukerberg WhatsApp va Instagram’ni alohida ajratib yuborish to‘g‘risidagi taklifga munosabat bildirdi

Avvalroq Isroil firmasi WhatsApp orqali kamida 20 mamlakat rasmiy shaxslarini kuzatgani ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют