» » Oq uy Idlibdagi kimyoviy hujum bo‘yicha Rossiya taqdim etgan ma’lumotlarga ishonmaydi

Oq uy Idlibdagi kimyoviy hujum bo‘yicha Rossiya taqdim etgan ma’lumotlarga ishonmaydi


AQSh prezidenti ma’muriyatining yuqori martabali vakili so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi kimyoviy hujum borasida Rossiya taqdim etgan ma’lumotlarga ishonib bo‘lmaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Uning aytishicha, tinch aholi Suriya aviatsiyasi terrorchilarning kimyoviy qurol ishlab chiqariladigan omboriga bergan zarbasi natijasida halok bo‘lgani haqida Moskva taqdim etgan ma’lumotlar yetarlicha dalillarga ega emas.

“Biz buni ishonarli, deb hisoblay olmaymiz. Biz bunga ishonmaymiz”, — dedi Oq uy vakili, Rossiya keltirgan ma’lumotlarga munosabat bildirarkan.

Uning qayd etishicha, AQSh kimyoviy qurolning qo‘llanilishi va o‘nlab insonlarning qurbon bo‘lishiga Suriya rahbariyati va mamlakat prezidenti Bashar Asadni javobgar deb hisoblashda davom etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют