» » Chinozdagi uylardan birida 32 yoshli erkakning jasadi topildi

Chinozdagi uylardan birida 32 yoshli erkakning jasadi topildi


Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi fuqaro Sh.S.ning uyidan 1987-yilda tug‘ilgan erkak T.G‘.ning jasadi topildi. Bu haqda IIV Tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jasad topilgan paytda tananing bosh va yuz qismlarida jarohatlar bo‘lgan.

Ichki ishlar organlari tomonidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi. Natijada ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumani “Epkendi” mahallasida ro‘yxatda turuvchi, hozirda yashash va ishlash joyining tayini bo‘lmagan, 1960-yilda tug‘ilgan fuqaro Q.S. rashk tufayli sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni prokuratura olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют