» » 2017-yilda “O‘zbekyengilsanoat” tomonidan beshta davlatda savdo uylari ochiladi

2017-yilda “O‘zbekyengilsanoat” tomonidan beshta davlatda savdo uylari ochiladi


2016-yilda “O‘zbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari 1 milliard 146 million dollarlik mahsulot eksport qilgan. Dunyoning 54 mamlakatiga yetkazib berilgan ushbu mahsulotlarning 40 foizidan ortig‘ini qo‘shimcha qiymatli tovarlar tashkil etadi, deya xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida 105 mingdan ortiq ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. 440 sanoat korxonasi, shu jumladan, 28 yirik ishlab chiqaruvchini o‘zida birlashtirgan “O‘zbekyengilsanoat” AJ tarmoqning yetakchisi sifatida ishlab chiqarish va eksport hajmini muttasil oshirib bormoqda.

O‘tgan yili jamiyat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 2015-yilga nisbatan 18,1 foizga ortgan bo‘lsa, eksport ko‘rsatkichlari 132 foizni tashkil etdi. Eksportda tayyor mahsulotlar ulushi tobora ortmoqda. Xorijga yuborilayotgan mahsulotlar ro‘yxati o‘tgan yil bambuk va modal kalava ip, aralash kalava ip, jakkard va ringel mato singari yangi nomlar bilan boyidi.

Xorijdagi savdo uylarining soni ortib bormoqda. 2016-yilda ular 44 tani tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston va Tojikistonda yana beshta tijorat nuqtasini ochish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining mahalliy va xorijiy ko‘rgazmalarda ishtirokini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yilda tarmoqning 200 dan ortiq korxonasi 21 ko‘rgazmada ishtirok etdi. 1 milliard dollarlikdan ortiq shartnoma imzolandi. Bu boradagi ishlar joriy yilda ham davom ettirilib, 26 xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston tadbirkorlari ishtirokini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo hamda Tashqi ishlar vazirliklari bilan hamkorlikda biznes-forumlar, “biznes-biznesga” shaklida bevosita muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan yangi, salohiyatli xaridorlarni izlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy iste’molchilar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish ishlari faollashtirilgan.

Bolgariya, Turkiya, Ukraina va Belarusda o‘tkazilgan shunday tadbirlar natijasida to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha qiymati 50 million dollardan ziyod eksport shartnomalari imzolandi. Hozir MDH hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, shuningdek, Turkiya va Eron bilan umumiy qiymati 350 million dollarlik qo‘shimcha eksport bitimlarini imzolash ustida ish olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 21-dekabrdagi “20173—2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va turlarini kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘ldi. Unga ko‘ra, 2020-yilgacha umumiy qiymati 2 milliard 200 million dollarga teng 132 investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. E’tiborlisi, loyihalarning qariyb 50 foizini xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan moliyalashtirish belgilangan.

Jasur Rustambekov, “O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasi boshqarma boshlig‘i

Mazkur dasturning amalga oshirilishi tarmoqning yillik eksport salohiyatini 2 milliard 500 million dollarga yetkazish, qo‘shimcha 25 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishiga imkon beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют